“Gulbozor” mahallasi turistlar ko'chasi.
Gulbozor mahallasi sayyohlik ko'chasi Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida, Chorsu bozori yaqinida Joylashgan sayyohlik Maskani. Unda milliy hunarmandchilik ustaxonalari, an'anaviy oshxonalar, zargarlik do'konlari, turli ko'rgazmalar tashkil etilgan. Ko'cha o'zining tarixiy qiyofasini saqlab qolgan Holda, zamonaviy qulayliklar bilan boyitib, sayyohlarga qadimiy mahalla muhitini his qilish imkonini berdi.